Davlat rahbari Özbekiston xalq şoiri, Özbekiston Qahramoni Abdulla Oripov haykali, Abul-Mu'iyn Nasafiy ziyoratgohi rekonstruksiyasi loyihalari bilan tanişdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Qahramon şoir haykali Qarşi şahridagi Özbekiston köçasida bunyod etiladi. Bu yoşlar uçun faxr va ğurur timsoli, ma'naviy tarbiya manbai bölib xizmat qiladi.
Prezident haykal loyihasini takomillaştiriş, bu yerda Abdulla Oripov nomidagi maktab va uning ijodiga bağişlangan muzey taşkil etiş zarurligini ta'kidladi.
Abul-Mu'iyn Nasafiy XI asrda yaşagan, islom madaniyati rivojiga ulkan hissa qöşgan allomalardan biridir. Uning ilmiy asarlari bugungi kun uçun ham ğoyat ahamiyatlidir.
Davlat rahbari bu qadamjoni keng va obod ziyoratgohga aylantiriş, ziyoratçilarga zarur şaroitlar yaratiş, bu maskanda kutubxona taşkil etiş, alloma asarlarini tarjima qilib, xalqimizga yetkaziş böyiça tavsiyalar berdi.
















