Şimoliy Koreya xalqaro sanksiyalardan xorijiy kompaniyalar tarmoği vositasida qutulib qolmoqda. Bu haqda BMT hisoboti bilan tanişib çiqqan Reuters agentligi xabar qilmoqda. 

KXDR BMTning jiddiy sanksiyalari ostida. Uşbu jazo çoralari yadro quroli va ballistik raketalar işlab çiqişga jiddiy tösiq bölişi kerak. Ammo, Şimoliy Koreya sanksiyalarni qisman aylanib ötişning uddasidan çiqayotgani xususidagi miş-mişlardan söng, BMT öz suriştiruv işlarini ötkazdi. 

«Ayrim şaxslar va banklar sanksiyalarga qaramay faoliyatini davom ettirmoqda. Ular pullar, odamlar va mahsulotlar aylanişidan yaxşi xabardor kişilar yordamidan foydalanişmoqda», — deyiladi taşkilot hisobotida. 

Xususan, BMT KXDRning Eritreyaga harbiy aloqa vositalarini qayyösinda sotişini misol keltiradi. Sönggi bor Afrika davlatiga yetkazib berilgan 45 yaşik dala ratsiyalari va butlovçi qismlari Malayziyada KXDR bilan aloqasi bölgan kompaniya tomonidan işlab çiqilgan. 

Şu bilan birga, xalqaro taşkilot BMTga a'zo barça mamlakatlar hukumatlarini şimoliy koreyalik diplomatlarga nisbatan ehtiyotkorroq munosabatda bölişga çaqirgan.