«Liverpul» Angliya çempionatining 33-turi doirasidagi uçraşuvini «Vest Bromviç Albion»ga qarşi safarda ötkazdi. Vest Bromviçdagi «Houtorns» stadionida keçgan uçraşuv Klopp şogirdlarining kiçik hisobdagi ğalabasi bilan yakunlandi.

Öyindagi yagona golni birinçi bölim oxirida Roberto Firmino urdi. Braziliyalik bu futbolçi Lukas Leyva yetkazib bergan töpni boşi bilan darvozaga aniq yölladi.

Endilikda «Liverpul» 66 oçko töplagan holda APL turnir jadvalida uçinçi öringa kötarildi, mersisaydliklar jamoasi «Mançester Siti»ni (64 oçko) quvib ötdi. «Vest Bromviç» (44) sakkizinçi poğonada qoldi.

Angliya çempionati, 33-tur
Vest Bromviç – Liverpul 0:1
Gol: 0:1 – 45 Firmino.
Vest Bromviç – Foster, Evans, Makoli, Douson, Robson-Kanu (Rondon, 64), Şadli (Morrison, 61), Livermor, Fletçer, Fillips, Yakob (Makkleyn, 64), Brant.
Liverpul –    Minole, Matip, Lovren, Klayn, Milner, Leyva, Jan, Koutino (Moreno, 90), Veynaldum, Firmino, Origi (Starridj, 82).
Ogohlantirişlar: Brant (45), Robson-Kanu (49), Evans (66), Leyva (72).