Qozoğistonning Manğistov viloyati aholisi daşt hududlarda Kaspiy dengizida istiqomat qiluvçi tyulen bolasiga duç kelişdi. Jonivorni videoga olib, Instagram sahifasiga joylaştirgan erkakning sözlariga köra, hayvonni uçratgan joyidan dengizgaça bölgan masofa 30 kmlar keladi, deb yozmoqda "Lada" gazetasi.

Bu borada fikr bildirgan mutaxassislar turliça qaraşlarni bildirişmoqda. Ularning ayrimlari, tyulen bolasi dengizning kuçli ifloslanganligi uçun yaşaş joyini tark etişga majbur bölgan desa, boşqalari ularni odamlar daştda qoldirayotganini taxmin qilişgan. 

Naşrning aniqlik kiritişiça, bu sönggi bir neça kun mobaynida uçinçi tyulenning aniqlanişi. Avvalroq, ikkita tyulen Qorajonboş — Qalamqoş trassasi hamda Şimoliy Bözaçi konida topilgan.