Kubaning markaziy qismida yo‘lovchi va yuk poyezdlari to‘qnashib ketdi, deb xabar bermoqda mahalliy Escambray nashri. Falokatda 5 kishi halok bo‘lgan, 40 dan ko‘proq odam jarohat olgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, poyezdlar bir temir yo‘l izi bo‘ylab bir-birlariga qarab kelgan. Fojia Sankti-Spiritus shahridan 5 km uzoqlikda ro‘y bergan.
Ta'kidlanishicha, yuk poyezdi shakar qamish olib ketayotgan bo‘lgan.














