Kino olamidagi eng nufuzli mukofot hisoblanuvçi "Oskar"ning boş sovrini – "Oskar" haykalçasining tannarxi yil sayin oşmoqda: bu yili har bir haykalça marosim taşkilotçilariga 696 dollardan tuşadi. Bu haqda Forbes jurnali xabar bermoqda.   

Şu tariqa ötgan olti yil içida haykalça narxi deyarli ikki martaga qimmatlaşgan, vaholanki 2011 yilda bir "Oskar"ni tayyorlaş narxi 400 dollar bölgan.

Şu bilan birga tilla suv yugurtirilgan haykalçaning tannarxi uning bozor qiymati bilan heç qanday aloqaga ega emas. Mukofot egasiga şartnoma böyiça haykalçani faqatgina bir dollarga kino san'ati Akademiyasiga sotişga ruxsat borligiga qaramasdan, bozorda ançagina haykalçalar bilan savdo qilinadi. Ulardan biriga eng katta narx ularni töplaş bilan şuğullangan maşhur qöşiqçi Maykl Jyekson tomonidan taklif qilingan. 1999 yilda u bitta haykalçaga 1,5 mln dollar tölagan (hozirgi kursda 2,2 mln dollar).

AQŞ kino san'ati Akademiyasi özining faoliyati davomida 3 mingdan köproq "Oskar"ni öz egalariga topşirgan.

"Oskar" haykalçasi 24 karatli oltin bilan qoplangan hamda oğirligi 3,85 kg ni taşkil qiladi. 34 sm balandlikka ega haykalça britaniy qotişmasidan quyilgan, uning tagi esa qora marmardan tayyorlanadi. Biroq aynan uning oltin qoplamasi uning narxining yildan-yilga oşişiga sabab böladi.

Joriy marosimni ABC telekanali efirida birinçi marta komik Jimmi Kimmel olib boradi va u bu ançagina maşaqqatli işiga 15 ming dollar haq oladi. 

"Oskar"ning 1953 yildagi ilk boşlovçisi aktyor Bob Xoup bölgan. U mukofot boşlovçisi sifatida rekord örnatgan: u uşbu nufuzli mukofotning taqdirlaş marosimini 18 marotaba olib borgan. 

Los-Anjyelesdagi Dolby teatri oldiga yulduzlar yurişi uçun töşaladigan qizil gilamça esa alohida xarajatlar moddasini taşkil qiladi. Uning maydoni 1,5 ming kvadrat metrdan köproqni, narxi esa 30 ming dollarni taşkil qiladi.    

Biroq marosimga ketadigan barça xarajatlar reklamadan olinadigan daromadlar bilan bir neça barobar qoplanib ketadi. Marosim translyatsiyasi vaqtida körsatiladigan 30 soniyalik reklama roligining narxi 1,8-2,1 mln dollarni taşkil qiladi. Vaholanki, reklamadan olinadigan daromad yildan yilga ortib bormoqda.