Braziliyalik afsonaviy futbolçi Pele (töliq ismi Edson Arantis du Nasimentu)ning öğli Edson Şolbi Nasimentu (köproq Edino nomi bilan maşhur) 13 yillik jazo muddatini ötaş uçun politsiyaga keldi.

2014 yilda Braziliya sudi Pelening öğlini giyohvand moddalar savdosidan tuşgan pullarni yuvgani uçun 33 yillik qamoq jazosiga mahkum etgandi. Biroq Edino öz şikoyat arizasi apellyatsiya sudida körib çiqilgunga qadar ozodlikda bölgan.

Payşanba kuni sud ayblov xulosasini yakuniy ravişda tasdiqladi, biroq jazo muddatini 12 yil-u 10 oyga qadar qisqartirdi.

46 yoşli Edino juma kuni keçqurun Santos şahridagi politsiya bölinmalaridan biriga kelgan. "Bu juda afsuslanarli holat, sababi meni qilmagan işimda ayblaşmoqda", - deya mahkumning sözlarini keltiradi Reyter agentligi.

Suriştiruv jarayoni 2005 yilda boşlangan. Edinoni taniqli narkofuruşlar bilan aloqalarda hamda narkotik moddalar savdosida iştirok etişda ayblaşgan. Uning özi esa bu ayblovlarni rad etib, garçi giyohvand moddalarni iste'mol qilgan bölsa ham, ularni sotişda qatnaşmaganini ma'lum qilgan. 

Ma'lumot uçun, Edino otasi butun jahonga tanilgan “Santos” futbol klubida 1990-yillarda öynagan.