AQŞning hind jamoati vakillari Kanzas ştatida hindlarga hujum qilinişi AQŞ prezidenti Donald Trampning muhojirlarga nisbatan pozitsiyasining natijasi böldi, deb hisoblamoqdalar. Hujum oqibatida bir kişi halok bölgan.
AQŞda yaşovçi janubiy osiyolik muhojirlar jamoatçilik taşkiloti South Asian Americans Leading Together’ning rahbari Suman Ragxunatxanning jurnalistlarga aytişiça, unda janubiy osiyoliklarga nisbatan zöravonlik qilingan yuzlab hodisalar haqida ma'lumotlar bor.
Hind 23 fevralda Oleyte şahridagi barda AQŞ qurolli kuçlarining faxriysi, 51 yoşli Adam Purinton tomonidan otib öldirilgan. Purinton "Davlatimdan yöqollaring!" deb baqirgança barda ötirgan hindlarga öt oçgan. Hujum oqibatida haydarobodlik 32 yoşli Şrinivas Kuçibxotla voqea joyida halok bölgan, yana ikki hind va mahalliy fuqaro jarohatlar bilan şifoxonaga yetkazilganlar. Purinton hibsga olingan.
"Bu voqea Trampning muhojirlarga qarşi siyosati tufayli janubiy osiyoliklar – musulmonlar, sikxlar, yaqin şarqliklar va arab jamoati vakillariga nisbatan adovat negizida oşib borayotgan zöravonliklar oqimidagi navbatdagi hodisadir", deb Ragxunatxan aytgan sözlarni keltirib ötdi The Times of India naşri.
Taşkilot 2016 yilgi prezidentlik saylovlari vaqtida irqçilik negizida janubiy osiyoliklarga nisbatan zöravonlik qilingan 200 dan köproq holatni qayd qilgan.
Oq uy vakili Şon Spayser bardagi hujum va Trampning aytgan sözlari örtasida aloqa qidirmaslikka çaqirdi. Biroq hind matbuotining yozişiça, Trampning özi hozirça bu hodisaga heç qanday izoh bermagan.
Turli ma'lumotlarga köra, AQŞda 5 mln ga yaqin hindlar yaşaydi. OAVda ta'kidlanişiça, AQŞda irqçilarning hindlarga hujumi avval ham yuz bergan. 2012 yilda AQŞ armiyasi faxriysi Peyj Viskonsindagi sikx ibodatxonasida otişma sodir etgani oqibatida 6 kişi halok bölgan va 4 kişi jarohat olgan.












