Eron vitse-prezidenti Husayn Ali Amiri mamlakatning amaldagi rahbari Hasan Ruhoniyning may oyida ikkinçi marta prezidentlik saylovlarida iştirok etiş rejasi haqidagi ma'lumotni tasdiqladi. Bu haqda Frans Press xabar tarqatdi.
"Oxirgi haftalarda janob Ruhoniy prezidentlik saylovlarida iştirok etiş böyiça qaror qabul qildi", deyilgan IRNA agentligi xabarida.
Ötgan yilning oktabrida mamlakat içki işlar vaziri Abdulrozi Rahmoniy Fazliy mamlakatning amaldagi rahbari 2017 yilgi prezident saylovlarida qatnaşmoqçi ekanini ma'lum qilgandi. Nomzodlarni röyxatga oliş işlari 10-14 aprel kunlari bölib ötadi, saylovoldi kampaniyasi 27 aprel kuni boşlanadi va 16 mayga qadar davom etadi. Saylov 19 mayga belgilangan.












