Qozoğiston şarqida ğoyib bölgan S-341 rusumli, içida 3 kişi bölgan xususiy vertolyot qulagan joy topildi. Bu haqda Qozoğiston IIV favqulodda vaziyatlar qömitasi rasmiy vakili Ruslan Imankulovga asoslangan holda «Interfaks» xabar bergan.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, vertolyot uçuvçisi halok bölgan.
Vertolyot Ayagoz şahridan 60 km şimoli-ğarbdan topilgan. Yölovçilardan biri omon qolgan, uni Aygiz qişloğiga olib borişgan. Uçinçi yölovçi haqidagi ma'lumot örganilmoqda.












