Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya hukumatiga musulmon tashkilotlar ishiga aralashmaslik tavsiya etildi
Moskva musulmonlari Ma'naviy Boshqarmasining Facebook'dagi sahifasida Rossiya muftiylar kengashi raisi shayx Ravil Gaynutdinning jurnalistlar oldida so‘zlagan nutqi videosi taqdim etildi. Unda shayx hukumatni musulmon tashkilotlarning ishlariga aralashmaslikka chaqiradi. Prezident ma'muriyati yangi rahbarlari (S.V.Kiriyenko va A.V.Yarin)ning vaziyatni atroflicha o‘rganib chiqib, to‘g‘ri qaror chiqarishiga umid bildiradi.
Mazkur videoda muftiy Suriyadagi yordamga muhtoj och-yupun bolalar, Rossiya musulmonlarining ularga ko‘rsatayotgan yordami, shu kabi ijobiy xabarlarning RF televideniyesida yoritilmasligi, buning o‘rniga musulmonlarning salbiy tomonlari ko‘rsatilgan ko‘rsatuvlar uzatilishi haqida kuyunchaklik bilan so‘zlaydi.
Shuningdek Rossiya 1 telekanali orqali haftada bir marta uzatiladigan musulmonlarga bag‘ishlangan ko‘rsatuvning efirga uzatilishi to‘xtatilganiga tanqidiy munosabat bildiradi. "Ularga nima yoqmadi - islom, musulmonlar haqida gapirilganimi?", - deydi shayx Ravil Gaynutdin.
Mavzuga oid
20:49
Amerika investitsiya fondi Rossiya imperiyasi qarzlari bo‘yicha Rossiyadan 225 milliard dollar talab qildi
15:11
Duma deputati: WhatsApp Rossiyada 2026 yilda to‘liq bloklanishi mumkin
08:24
Zelenskiy: Ukraina tinchlikka to‘siq bo‘lmagan va bo‘lmaydi
22:26 / 15.01.2026