Vimpelcom kompaniyasi aksionerlarining xalqaro moliyaviy hisobot standarti asosidagi daromadi 2016 yilda 2,414 mlrd dollarni taşkil etdi. 2015 yilda bu borada 655 mln dollar zarar körilgan edi. 

Vimpelcom kompaniyasining hisobot davridagi pul tuşumi 7,5 foizga pasayib, 8,885 mlrd dollarni taşkil etgan. 2016 yil yakuni böyiça EBITDA körsatkiçi 12,4 foizga ösib, 3,232 mlrd dollardan iborat bölgan. 

Kompaniyaning 2016 yil törtinçi çoragidagi daromadi 2015 yilning şu davriga nisbatan 28 baravardan köproqqa oşib, 58 mln dollar örniga 1,643 mlrd dollardan iborat bölgan. Oktyabr – dekabr oyidagi foyda yillik hisobda 2,5 foizga ösgan va 2,354 mlrd dollarga yetgan, EBITDA körsatkiçi 3,4 foizga pasayib, 783 mln dollarga yetgan. 

Vimpelcom kompaniyasining 2016 yil törtinçi çoragi yakuniga köra sof qarzi uçinçi çorak bilan taqqoslaganda 5,3 foizga ösgan va 7,162 mlrd dollarni taşkil etgan. Körsatkiçlar ösişiga, asosan, yuqori kapital xarajatlar evaziga erişilgan. 

Vimpelcom Ltd dunyoning yirik integratsiyalaşgan aloqa operatorlaridan biri hisoblanadi. U Rossiya, Italiya, Jazoir, Pokiston, Özbekiston, Qozoğiston, Ukraina, Bangladeş, Qirğiziston, Tojikiston, Armaniston, Gruziya va Laosda aktivlarga ega. Vimpelcom kompaniyasi "Beeline", "Kiyevstar", Wind, Djezzy, Mobilink va Banglalink brendlari ostida xizmat körsatadi.