Buyuk Britaniya parlamenti quyi palatasining eng keksa a'zosi Jyerald Kaufman 86 yoşida hayotdan köz yumdi. Bu haqda marhum oilasining rasmiy vakili 26 fevral keçki payt ma'lum qildi.
Kaufman parlamentda 1970 yildan beri Şimoli-ğarbiy Angliyadan leyboristlar a'zosi bölib kelgan. 2015 yilda quyi palataning eng keksa deputati deb topilgandi.
"U hayot va siyosatni yaxşi körardi. Men uni qömsab qolaman ", deb aytgan leyboristlar partiyasi yetakçisi Jyeremi Korbin. Korbin Kaufmanni "nodir şaxs" deb atadi.
















