Buyuk Britaniya politsiyasi amaliy tajriba davomida Britaniya parlamenti binosiga bostirib kirmoqçi bölgan terrorçilarga buning uçun qança vaqt talab etilişini aniqladi. Aniqlanişiça, terrorçilarga buning uçun 5 daqiqa kifoya qilar ekan. Bu haqda The Telegraph naşri xabar bermoqda.
Ta'kidlanişiça, terrorçilar rolini ijro etgan politsiyaçilar tajriba vaqtida Temza daryosi tomondan parlament binosiga osonlik bilan kira olişgan. Ular bir neça daqiqa içida quyi palata zaliga yetib bora olişgan. “Tajriba haqiqiy hujum vaqtida 100 dan köproq parlamentçi bir neça daqiqa içida halok bölişi mumkinligini yaqqol körsatdi”, deb yozilgan naşrda.
Tekşiruvdan keyin politsiya parlament binosi qöriqlanişini kuçaytiriş böyiça bir qator tavsiyalar işlab çiqqan. Jumladan, ular daryo tomondan binoga yaqinlaşişni imkonsiz qiliş uçun Temzada himoya tösiqlarini örnatişni taklif qilişgan.
Eslatib ötamiz, 22 mart kuni Angliyaning janubida yaşovçi, ismini Xolid Mas'udga özgartirgan Edrian Rassel Ajao parlament binosiga olib boruvçi Vestminster köprigida avtomobilni piyodalar ustiga bostirib borgan va bir neça kişini urib, parlament binosigaça yetib borgan. U yerda terrorçini bir politsiyaçi töxtatgan. Terrorçi unga piçoq bilan hujum qilgandan keyin politsiya tomondan otib öldirilgan. Voqea oqibatida 5 kişi halok bölgandi.

















