Buyuk Britaniya parlamenti mamlakatda muddatidan avval parlament saylovlar 8 iyun kuni bölib ötişini tasdiqladi. Bu haqda The Guardian gazetasi xabar bergan.

Saylovlarning ötkazilişi uçun 522 deputat ovoz bergan, 13 parlamentariy qarşi çiqqan.

Bundan avval Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Mey 8 iyun kuni mamlakat parlamentiga muddatidan avvalgi saylovlar bölib ötişi haqida e'lon qilgan edi. Avvaliga saylovni 2020 yili ötkaziş reja qilingandi. Hukumat rahbarining sözlariga köra, Buyuk Britaniyaga barqaror va kuçli hukumat kerak.

Bu  saylovni ötkaziş zarurati Yevroittifoq bilan Brexit'ga doir muzokaralarda muxolifat partiyalar tomonidan mamlakat pozitsiyasining  zaiflaşuv xavfi bilan boğliq. 

3 may kuni Buyuk Britaniya parlamenti tarqatiladi.