«Mamlakatda endilikda daxlsizlar yöq. Bu hokimiyatdagi barça, şu jumladan sobiq hamda amaldagi rahbarlarga tegişli», - deya ma'lum qildi Qirğiziston prezidenti Almazbek Atamboyev bugun, 27 fevral kuni Aprel inqilobi iştirokçilari jamoat birlaşmalari vakillari bilan uçraşuvda. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ta'kidlanişiça, faollar alohida siyosatçilarning amalga oşirgan jinoyatlari uçun javobgarlikdan qoçiş böyiça harakatlaridan norozi bölişgan. «Ular halok bölgan qahramonlar ism-şariflarini foydalanişga heç qanday huquqlari yöq. Bunga loyiq emaslar», - deya ta'kidlab ötişgan ular.

Qirğiziston yetakçisining bunga javoban ta'kidlaşiça, jamoat birlaşmalari his-tuyğularini tuşunadi, biroq ularni qonun ustuvorligini inobatga olişga çaqirdi. «Işonçim komilki, huquq-tartibot organlari hammasiga oydinlik kiritişadi va qonunni buzgan barçani javobgarlikka  tortişadi. Heç qanday hokimiyatga bosim ötkazişning kuç uslublari ularga yordam bermaydi», - deya xulosa qilgan Atamboyev.

2010 yilning 7 aprel kuni Qirğizistonda «Aprel inqilobi» — qurolli davlat töntarişi yuz berdi, uning natijasida prezident Qurmonbek Bakiyev hokimiyatdan ağdarildi hamda Belorussiyaga yöl oldi.

Oxir-oqibat mamlakatda Vaqtinçalik hukumat şakllantirilib, uning tarkibidan Almazbek Atamboyev, Roza Otunboyeva, Omurbek Tekebayev, şuningdek Bakiyev rejimiga muxolifatda bölgan bir qator siyosatçilar örin oldi. Keyinçalik Atamboyev Qirğiziston prezidenti etib saylandi, Tekeboyev esa yangi qirğiz hukumatining asosiy tanqidçilaridan biriga aylandi.

Ta'kidlab ötiş joizki, avvalroq Qirğiziston Boş prokuraturasi «Ata Meken» partiyasi yetakçisi, deputat Omurbek Tekebayevga nisbatan jinoyat işi qözğatdi. Muxolifatçi korrupsiya va firibgarlikda gumon qilinmoqda. 2017 yilning 26 fevral kuni u mamlakat maxsus xizmatlari tomonidan qölga olindi.

Avvalroq Qirğiziston sobiq prezidenti Roza Otunboyeva Omurbek Tekebayevning qölga olinişini siyosiy quvğin deb atagani hamda uni darhol ozod etişga çaqirgani haqida xabar bergandik.