Misrdan har yili tarixiy va madaniy qiymatga ega bölgan 3 mingga yaqin buyumni noqonuniy ravişda olib çiqib ketişga harakat qilinmoqda. Bu haqda Misrning qadimiyliklar böyiça vaziri Xolid al-Ananiy ma'lum qildi. 

Uning aytişiça, u boşçilik qiladigan vazirlik qolgan tuzilmalar bilan birgalikda "har yili Misrdan turli yöllar bilan qölga kiritilgan madaniy, arxitekturaviy va tarixiy qiymatga ega bölgan 2 mingdan 3 minggaça buyumning olib çiqib ketilişining oldini oladi". Al-Ananiyning ta'kidlaşiça, hukumat doimiy asosda mamlakatdan tarixiy buyumlarning noqonuniy olib çiqib ketilişining oldini oliş böyiça işlar olib boradi. Bu buyumlarni belgilangan ötkaziş punktlarini çetlab ötgan holda xorijga samolyot, dengiz va quruqlikdagi transport vositalari yordamida olib çiqib ketişga harakat qilinadi. 

Qohirada joylaşgan Misr milliy muzeyida oxirgi vaqt bojxona xizmatlari tomonidan musodara qilingan, mamlakatga xorijdan qaytarilgan, jinoyatçilardan tortib olingan buyumlarning katta  ekspozitsiyasi oçilgan. Bu yerda Misr jamiyati rivojlanişining deyarli barça bosqiçlarini aks ettiruvçi qadimiy asori-atiqalar namoyiş qilingan.

Oxirgi vaqtda Misrdan olib çiqib ketilmoqçi bölgan qadimiy buyumlar bilan boğliq şov-şuvli voqea Qohiraning "Ar-Rifaiy" masjididan bir neça şamçiroqning öğirlanişi bölgan. Yanvar boşida bu masjiddan Qur'ondan oyatlar bilan bezalgan 6 ta noyob şamçiroq öğirlangan. Bu buyumlar 20-asr boşida yaratilgan bölib, katta badiiy qiymatga ega bölgan. Sayyohlik politsiyasi jinoyatçilar iziga tuşib, ulardan islom madaniyatiga tegişli bu buyumlarni qaytarib olişga muvaffaq bölgan.