"Tolibon" harakati yetakçisi Hibatulla Oxunzoda Afğoniston aholisini köproq daraxt ekişga çaqirgan.
U öz bayonotida barça jangçilarni va oddiy fuqarolarni kamida bittadan köçat ekişga çaqirgan.
Afğoniston keyingi vaqtlarda örmonlar siyraklaşişi muammosi bilan töqnaşgan. Mamlakatda daraxtlar yoqiş uçun noqonuniy kesiladi.
"Tolibon" bu vaqtgaça ekologik muammolarni kötarib çiqişi deyarli kuzatilmagandi.
Haybatulla Oxunzoda, "Tolibon" rahbarligiga ötgan yilning mayida kelgan, u harbiy yetakçilikdan köra, imomligi bilan maşhur hisoblanadi.
Uning çiqişi toliblarning tarğibot kanali orqali namoyiş qilingan. Uning bu galgi nutqi Afğoniston hukumati va ğarbiy koalitsiyaga la'nat öqişdan iborat bölmay, yangiça ohangda aytilgan.
"Köçat ötqaziş, atrof-muhit himoyasida, iqtisodiy rivojlaniş va Yer yuzining yaşillaşişida öta muhim örin tutadi", deyilgan uning bayonotida.
"Daraxt parvarişlaş va qişloq xöjaligi foydali va daromadli bölib, bu iş ölimdan keyin ham mukofotlanadi", - degan Oxunzoda.
Qayd etiş kerakki, toliblar odatda ekin maydonlarida giyohvand moddalar östirişda ayblanadi.
Talibonlar 1996 yilda Afğoniston hukumati tepasiga kelgan, 2001 yilda mamlakat hududiga AQŞ qöşinlari kirgaç, ağdarilgandi.
Afğonistonda ötgan asrning ikkinçi yarmida hukumat va toliblar örtasida nizolar davom etib kelmoqda. Tinçlik örnatiş uçun bir neça bor muzokara boşlangan, ammo "Tolibon" tomoni yon berişni istamaydi va Afğonistondan xalqaro kuçlar olib çiqilişi talabini qöyadi.












