«Jonivorlar şahri» AQŞ kinoakademiyasining «Eng yaxşi animatsion film» yönalişida «Oskar» mukofotini qölga kiritdi. 

Mukofotga «Moana», «Kubo. Samuray haqida afsona», «Qizil toşbaqa» va «Qovoqning hayoti» kabi animatsion filmlar ham da'vogarlik qilgandi. Mukofotni oliş uçun çiqqan ijodkorlar bu multfilm orqali jonivorlar hayotini körsatib beriş orqali insonlarni tolerantlikka çorlaşni maqsad qilişgani haqida gapirişdi.

Mukofotlar 24 ta nominatsiya böyiça topşiriladi. Amerikalik kinorejissyor Demen Şazellning «La-La Lend» filmi favorit bölib hisoblanmoqda, u 14 ta yönaliş böyiça «Oskar»ga da'vogarlik qilmoqda. Nominatsiyalar soni böyiça kartina avvalgi rekordçi — Jyeyms Kemeronning «Titanik» filmi bilan tenglaşdi.