Vimpelcom kompaniyasi 2016 yilga doir moliyaviy hisobotida “Bilayn” brendining nomi özgarişi haqida ma'lum qildi. 

2016 yilning noyabrida Italiyada VEON platformasi muvaffaqiyatli işga tuşirilgan edi. Hisobotda qayd etilişiça, 2017 yilning oxirigaça barça mamlakatlarda VEON internet platformasi işga tuşiriladi. 

VimpelCom kompaniyasining boş ijroçi direktori mazkur yangilikka quyidagiça izoh berdi:

"Bugun VimpelCom kompaniyasida VEONning yangi va ajoyib davri boşlanadi. Brendning qayta nomlanişi telekommunikatsiya kompaniyasining global texnologiyalar yetakçiligiga bölgan intilişini namoyon etadi. 

Biz VEON  foydalanuvçilariga platformada yangidan-yangi xizmatlarni taqdim etuvçi STUDIO+, Deezer va Mastercard bilan global hamkorlikni yölga qöyişdan mamnunmiz".

Brendning yangi nomi kompaniya aksiyadorlarining 30 mart kuni ötkaziladigan majlisida tasdiqlanişi közda tutilgan.

Eslatib ötamiz, Vimpelcom Ltd dunyoning yirik integratsiyalaşgan aloqa operatorlaridan biri hisoblanadi. U Rossiya, Italiya, Jazoir, Pokiston, Özbekiston, Qozoğiston, Ukraina, Bangladeş, Qirğiziston, Tojikiston, Armaniston, Gruziya va Laosda aktivlarga ega. Vimpelcom kompaniyasi "Beeline", "Kiyevstar", Wind, Djezzy, Mobilink va Banglalink brendlari ostida xizmat körsatadi.

«Beeline»ning 2016 yilga doir moliyaviy hisoboti