Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bill Geyts Windows va Mac’ni yaratishda boshqalardan ko‘chirganini tan oldi
Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts Windows dasturiy ta'minoti hamda Mac kompyuterini yaratish chog‘ida, u va Apple asoschisi Stiv Jobs bir-biridan nusxa ko‘chirishmagani – ularning har ikkisi ham Xerox PARC ilmiy-tadqiqot markazi yutuqlaridan katta taassurotda bo‘lganini ma'lum qildi. U bu haqda AMA (Ask Me Anything) savollar va javoblar sessiyasida xabar berdi.
Geytsning tan olishicha, Xerox o‘sha paytdagi eng yaxshi grafik interfeysni yaratishga muvaffaq bo‘lgan. Bu u hamda Jobsga yaxshi kompyuter va dasturiy ta'minot qanday bo‘lishi kerakligini tushunishga yordam bergan.
Muhokamalarda foydalanuvchilar ulardan biri ixtirodan nusxa ko‘chirganligi xususida ishonchlari komil ekanini aytib o‘tishgan. Shu bilan birga, ularda ilhomning umumiy manbasi bo‘lgani haqida o‘ylashmaganini ham ma'lum qilishgan. «Biz intellektual mulkka bo‘lgan huquqni buzmadik. Xerox o‘z ixtirosi bilan bizga shunchaki yo‘nalishni ko‘rsatdi, hamda u Mac va Windows’ni yaratishga olib keldi», - deya ta'kidlab o‘tdi milliarder.
Bundan tashqari, Geyts Reddit foydalanuvchilariga o‘zining sevimli seriallari haqida ham gapirib berdi. Ma'lum bo‘lishicha, u «Kremniy vodiysi», «Toj» va «Daunton abbatligi»ni tomosha qilishni yaxshi ko‘rar ekan. Milliarder shuningdek ko‘p odamlar bo‘ladigan joylarda o‘ziga e'tibor jalb qilmaslik maqsadida kengroq bosh kiyimlaridan foydalanishini ma'lum qildi.
Microsoft asoschisining qo‘shimcha qilishicha, kompyuterlar insonlarga o‘xshaydigan davrga qadar umr ko‘rishni istagan bo‘lardi. Uning umid qilishicha, texnika yaqinda ma'lumotni o‘qish hamda uni tushunishga o‘rganib oladi.
Mavzuga oid
19:54 / 10.12.2025
Ash-Shar’adan Bill Geyts, Klintongacha: Doha forumi qanday o‘tdi?
07:45 / 17.11.2025
Bill Geyts: sun’iy intellekt atrofida «dotkomga o‘xshash pufak» yuzaga kelgan
18:55 / 14.10.2025
Microsoft kompaniyasi Windows 10 tizimini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi
20:59 / 26.09.2025