"Donetsk xalq respublikasi" va "Lugansk xalq respublikasi" aholisiga pasportlar kerak, biroq bu Minsk kelişuvlarini bajarişga xalaqit bermasligi kerak, deb ma'lum qildi BMTning qoçqinlar masalalari böyiça Oliy komissari Filippo Grandi. U öz pozitsiyasini «Kommersant'» gazetasiga bergan intervyusida bildirgan.
«Bir tomondan kişilarda hujjatlar bölişi juda muhim. Biroq, boşqa tarafdan, Minsk tinçlik jarayonini qiyinlaştiruvçi qadamlar qöyilişi kerak emas. Men bu aynan şunday qadam demoqçi emasman – meni notöğri tuşunmang. Biroq asosiy maqsad – hal qiliş ekanini yodda saqlaş kerak», — dedi Grandi.
Komissar bu hujjatlar öziga xos "Nansen pasportlari"ga öxşaş bölişi mumkinligi haqida gapirar ekan, ular Millatlar ligasi tomonidan fuqaroligi yöqlarga berilganini ta'kidlab ötdi.
Avvalroq Kreml Rossiya nima uçun "DXR" va "LXR" pasportlarini tan olganini tuşuntirib berdi.
Eslatib ötamiz, 18 fevral kuni Putin Donbassda yaşayotgan Ukraina fuqarolari hujjatlarini tan oliş haqidagi farmonni imzolagandi.













