Google internet qidiruv xizmati «human-odam» sözi bilan qidiriş buyruği berilganida tasodifan matnga ilova tarzida avstraliyalik deputatning suratini namoyiş qildi. Biroq, keyinçalik, dasturçilar uşbu şaxs illyustratsiyasini, , ingliz tilining akademik luğatlaridan biriga ham qasddan joylaştirişgan. 

Google xizmati «Human» va «Homo sapiens» sözlari bilan qidiruvga berilganda Avstraliya parlamentining a'zosi, inson huquqlari böyiça qömitasi rahbari Tim Uilson (Tim Wilson) suratini taqdim etgan, deb yozadi BuzzFeed.

Aniqlanişiça, suratni joylaştiruvçi algoritmning hisob-kitoblari sababli bu surat mazkur qidiruv uçun namoyiş etilgan. Uilson suratini esa, BuzzFeed ma'lumotlariga köra, robot uşlab olganiga sabab, u birgina — «human» sözi bilan izohlangan bölganligidadir. 

Deputatning qidiruv xizmatida bu tarzda joylaştirilgani internetning avstraliyalik foydalanuvçilari orasida turli muhokamalarga sabab böldi. 

Google xizmati bu muammoni hal qilişga ulgurdi hamda Uilson suratini olib taşlab, surat joylovçi robot algoritmini özgartirdi. Şu bilan birga, kompaniya xodimlari bu hodisaga hazil bilan yondaşişgan. Ular ingliz tilining izohli luğatlaridan biri Merriem-Uebsterning «Human» sözi sahifasiga avstraliyalik deputat fotosuratini joylaştirişgan va printerdan çiqarib olişgan.