AQŞning sobiq prezidenti Kiçik Jorj Buş AQŞga Donald Tramp jamoasining Rossiya vakillari bilan aloqalari borasidagi savollarga javob kerakligini aytdi. Buş, şuningdek, Tramp tanqid qilgan jurnalistlarning yonini oldi.
Buş NBC telekanaliga bergan intervyusida Trampni tanqid qildi.
Biroq Buş bu masala böyiça Demokratik partiya vakillari talab qilgan va respublikaçilar qöllab-quvvatlagan maxsus prokurorlik tergoviga ehtiyoj borligiga şubha bildirdi.
"Fikrimça, bizning barçamizga javoblar kerak. Biroq men buni aynan şunday yöl bilan qiliş kerakligiga işonçim komil emas, biroq savollarga javob beriş kerak", deb aytgan Buş.
Sobiq prezident şuningdek erkin matbuotni demokratiyaning ajralmas qismi sifatida himoya qildi.
Avvalroq Tramp OAVning ba'zi vakillarini, jumladan NBC’ni "xalq duşmanlari" deb atagandi hamda öz jamoasining göyoki Rossiya bilan aloqasi borligi haqidagi xabarlarni "yolğon xabarlar" deb atagandi.












