Rossiya prezidenti Vladimir Putin Bişkekka taşrif bilan keldi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Qirğiziston poytaxti Rossiya yetakçisining turnesidagi uçinçi va sönggi nuqta böladi. Bundan avval u Olmaota va Duşanbega ham taşrif buyurgandi.

Ta'kidlanişiça, Markaziy Osiyoga taşrif Rossiyaning Qozoğiston, Tojikiston va Qirğiziston bilan diplomatik munosabatlari örnatilganiga 25 yil tölişi munosabati bilan röy berdi.

Putin Bişkekda Qirğiziston prezidenti Almazbek Atamboyev bilan muzokaralar ötkazişni rejalaştirgan.