Seul Pxenyanning Birlaşgan Millatlar Taşkilotidagi a'zoligini töxtatişga çaqirdi. Bu haqda Janubiy Koreya taşqi işlar vaziri Yun Byonse qurolsizlantiriş böyiça anjumanda ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters seşanba, 28 fevral kuni.
Bunga şimoliy koreyalik yuqori mansabli amaldorlarning Kim Çen Inning ögay akasi – Kim Çen Namning qotilligidagi ehtimoliy iştiroki sabab böldi. U Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur şahrida 13 fevral kuni öldirildi.
«VX zaharli moddasining hattoki bir neça grammi [uning yordamida Kim Çen Nam öldirildi] ham ommaviy qotillik uçun yetarli. KXDRda esa, bizning ma'lumotlarga köra, grammlar emas, balki tonnalab kimyoviy qurol yiğib qöyilgan, ular mamlakat böylab turli joylardagi omborlarda saqlanadi. Bu qotillik – barçamiz uçun taşvişli qönğiroq bölib, Pxenyan uni foydalanişdan tap tortmasligini körsatdi», - deya ma'lum qildi Yun Byonse.
Uning sözlariga köra, «barça xalqaro institutlar, xususan BMT tomonidan jiddiy çoralar qabul qiliş imkoniyatini körib çiqiş vaqti keldi». «Masalan, Şimoliy Koreyaning BMT a'zosi sifatidagi barça huquq va imtiyozlarini töxtatib qöyiş», - deya ta'kidlab ötdi vazir.
Kim Çen Nam Kuala-Lumpur aeroportida - Makaoda bölgan oilasi yoniga uçib ketiş çoğida öldirilgandi. Malayziya soğliqni saqlaş vaziri sözlariga köra, ölim VX asab-falajlovçi zaharli modda tufayli kelib çiqqan falaj tufayli röy bergan.
Jinoyatga aloqadorlikda gumonlanib Indoneziya, Myanma (boşqa ma'lumotlarga köra - Vetnam), Malayziya, şuningdek Şimoliy Koreya fuqarolari hibsga olindi. Bundan taşqari, KXDRning tört nafar fuqarosi qidiruvga e'lon qilindi.












