Toşkent aeroportining 2019 yilda qurib bitkazilişi kutilayotgan “Toşkent-4” terminali loyihasi Janubiy Koreyaning Heerim kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan.

Qiymati 430 million dollardan köproqni taşkil etuvçi uşbu loyihaga qaraganda, “Toşkent-4”ning maydoni 87 ming kvadrat metr bölib, yiliga 5,7 million yölovçiga xizmat körsatadi.

Terminal 4 qavatdan iborat bölib, 36 samolyotni siğdira oladigan perron, şuningek avtomobillar turargohiga ham ega böladi. Quriliş işlariga 3 yil vaqt sarflanadi hamda quriliş-montaj işlari joriy yilda boşlanadi.