AQŞ prezidenti Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida OAVga uni obrösizlantirişni maqsad qilgan ma'lumotlar sizib çiqişi ortida sobiq prezident Barak Obama va uning odamlari turganini ma'lum qildi.

«Öylaşimça, prezident [sobiq] Obama bu işlarning ortida turibdi, sababi uning odamlari bunga aniq aloqador. Sizib çiqqan ma'lumotlardan ba'zi biri ehtimol, aynan şu guruhdan tarqatilmoqda», - dedi Tramp.

Amerika yetakçisining aniqlik kiritişiça, u “juda jiddiy sizib çiqişlar” haqida gapirgan hamda ular mamlakat milliy xavfsizligiga öta salbiy ta'sir körsatmoqda. Şu bir birga, Tramp gap aynan qaysi sizib çiqqan ma'lumotlar haqida ketayotganiga oydinlik kiritmadi.

Şuningdek, uning ta'kidlaşiça, heç kim heç qaçon AQŞ siyosatining sahna ortida nimalar röy berayotganini aniq bilmaydi.

Trampning fikriça, uning siyosiy faoliyatiga tegişli ma'lumotlarning sizib çiqişi, aftidan davom etadi.

Avvalroq Donald Tramp tvitter’dagi sahifasida FQB davlat ma'lumotlarining OAVga sizib çiqişini töxtatib qola olmayotgani tufayli darğazab bölgandi.