AQŞ prezidenti Donald Tramp Breitbart News naşri uçun bergan intervyusida ma'lum qildiki, «Oskar» taqdimotining bu yilgi marosimi yakunida röy bergan çalkaşlik şuni körsatadiki, Hollivud siyosatga köp aralaşib, öz işini unutmoqda.
Bundan taşqari, Tramp taqdimot avvalgi haşamati va jozibasini yöqotganini qayd etgan.
«Menimça, ular siyosatga juda köp burun tiqişmoqda va heç nimaga erişa olişmayapti. Bu biroz qayğuli holat. Avvalgi «Oskar» endi yöq. Bugungi keça ajoyib ötgandi deya olmaymiz», — degan amerikaliklar yetakçisi.
Tramp öz vaqtida kino olamidagi eng yorqin taqdimotga taşrif buyurgani haqida qöşimça qilgan.
«Bu safargi taqdimotda qandaydir özgaçalik yetişmadi, xotima esa ayançli böldi», — deya qayd etgan siyosatçi.
Eslatib ötamiz, marosim çoğida sahnadan «Eng yaxşi film» nominatsiyasida «La-La Lend» ğolib bölgani haqida e'lon qilinganidan bir neça daqiqa ötib, «La-La Lend» ijodkorlari minnatdorçilik sözlarini izhor etayotgan mahalda taşkilotçilar sahnaga çiqib, xatolik yuz berganini aytgandi. Ma'lum bölişiça, taşkilotçilar konvertlarni çalkaştirib yuborgan, va aslida esa eng yaxşi kartina deya «Oy şu'lasi» e'tirof etilgan.












