Turkiya hukumati muxolifatçi Fathulla Gulen AQŞdan Kanadaga qoçib ketişidan xavotirlanmoqda, deb ma'lum qildi Turkiya boş vaziri örinbosari Nö'mon Kurtulmuş.
"Bizda AQŞda bölgan FETO rahbari (Fathulla Gulen) Kanadaga qoçib ketişi mumkinligi haqida jiddiy razvedka ma'lumotlari mavjud. U tomondan Kanadada yerlar sotib olingan va bu yerlar yordamida u yerda yaşaşi mumkin. Biz bu ma'lumotni AQŞga topşirdik va ular tegişli barça çoralarni körişlariga umid qilamiz", deb aytdi Kurtulmuş jurnalistlarga.
Turkiya hukumati 2016 yil 15 iyulga ötar keçasi sodir etilgan davlat töntaruviga urinişning taşkillaştirilişida Gulenni ayblab keladi. Gulenning özi bu ayblovlarni inkor qilib keladi.

















