AQŞ prezidenti Donald Tramp KXDRni AQŞga “töğridan-töğri asosiy tahdid” deb hisoblaydi. Bu haqda CNN Oq uydagi yuqori lavozimli manbaga asosan xabar bermoqda.

Ta'kidlanişiça, 27 fevral kuni Tramp Xitoy vakili bilan uçraşdi hamda uni KXDR muammosi ustida jiddiy işlaşga çaqirdi.

«Siz Şimoliy Koreya böyiça işlaşingiz kerak», - deya AQŞ prezidentining xitoylik amaldorga qarata aytgan sözlarini keltirgan manba.

Manba Xitoy vakilining ism-şarifini oydinlaştirmagan, biroq telekanalning taxminiça, gap XXR Davlat kengaşi a'zosi, XKP MQ qoşidagi xorijiy işlar böyiça rahbariyat guruhi mas'ul kotibi Yan Tszeçi haqida bormoqda. U AQŞga ikki kunlik taşrif bilan kelgan.

Avvalroq Tramp Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In bilan uçraşişi mumkinligini istisno qilmagani haqida xabar bergandik.