Hindistonda baliq tutadigan törga uşlanmoqçi bölgan leopard 6 kişini yaraladi. Bu haqda 28 fevralda Daily Mirror naşri xabar berdi.
Leopard mamlakatning şimolidagi Muzaffarpur okrugidagi qişloqlardan birining yonida dam olayotgan bölgan. Mahalliy aholi uni payqab, uning atrofida töplana boşlagan. Yirtqiç atrofidagi odamlardan bezovtalana boşlagan.
Odamlar leopardni uxlatuvçi dorili nayza bilan zararsizlantirişi mumkin bölgan mutaxassisning kelişini kutib ötirmay, baliq tutadigan törni leopard ustiga taşlaşgan.
Biroq leopard tördan çiqib ketib, 6 nafar odamga hujum qilib qoçib ketgan. Ta'kidlanişiça, jarohatlanganlarning hayoti xavf ostida emas.
Şundan keyin qişloqqa yirtqiç hayvonlar böyiça mutaxassis yetib kelgan. U leopardni ta'qib qilib, uni uxlatuvçi dorili nayza bilan zararsizlantirgan. Uyquga ketgan leopard qafasga qamalgan.
13 fevralda Hindistonda 6 kişini öldirgan yölbars tutib olingandi.












