Qozoğistonda hukumat örtasida vakolatlarni taqsimlaş böyiça konstitutsiyaga kirilişi mumkin bölgan tuzatişlarni muhokama qiliş doirasida kelib tuşgan takliflar orasida ingliz tiliga davlat tili maqomini beriş ham bor. Bu haqda mamlakat prezidenti ma'muriyati rahbari Odilbek Jaksibekov xabar qildi.

"Şuningdek davlat tili örnini kuçaytiriş hamda ingliz tiliga rasmiy maqom beriş böyiça taklif ham bor", - deya aytib ötdi amaldor Ostonada hukumat örtasida vakolatlarni qayta taqsimlaş böyiça işçi guruh yiğilişida. Qozoğiston prezidenti ma'muriyati rahbarining sözlariga köra, tuzatişlarga oid umumxalq muhokamasi doirasida “turli” takliflar kelib tuşgan.

Bunday takliflar orasida: etnik qozoqlarni fuqarolikka qabul qiliş tartibini yengillaştiriş, ölim jazosini butunlay taqiqlaş va hokazolar bor. Aholisi 17,7 million kişidan köproqni taşkil etuvçi Qozoğistonda 130ta millat vakillari istiqomat qiladi hamda qozoq tili davlat tili hisoblanadi. Şu bilan birga, davlat taşkilotlari hamda mahalliy boşqaruv organlarida qozoq tili bilan birga rus tilidan ham rasman foydalaniladi.