Şu yilning 20 fevral kuni “Umra-2017” bahor mavsumining işçi guruhi a'zolari, oşpazlar, şifokorlar, guruh rahbarlari va ziyoratçilardan iborat 230 nafari umra arkonlarini bajariş maqsadida Saudiya Arabistoniga 1-reys bilan jönatildi.
Özbekiston Musulmonlari idorasi rasmiy saytining xabar berişiça, “Al-Hidoya” şirkati tomonidan Makkai mukarramada “Masjid al-Harom”dan 600 metr uzoqlikda joylaşgan tört yulduzli “Abroj al-Kisva” va Madinai munavvarada “Mavadda Nur” mehmonxonalarida ziyoratçilarimizga yuqori saviyada xizmat körsatilmoqda. Makkadagi “Abroj al-Kisva” mehmonxonasining “RR” qavatida masjid mavjud bölib, unda “Harami şarif”ga çiqişga qiynaladigan, keksa va imkoniyati çeklangan ziyoratçilar kundalik 5 vaqt namozlarini ado etib bormoqdalar. Mehmonxonaning “R” qavatida 550 örinlik oşxona mavjud bölib, ziyoratçilarimiz uçun har kuni özbekistonlik oşpazlar tomonidan tayyorlangan ertalabki nonuşta, ikki mahal issiq ovqat, meva, suv, şarbat, qatiq va boşqa oziq-ovqatlar hamda uzluksiz issiq çoy taqdim etilmoqda. Mehmonxonaning 23 qavatida işçi guruhi ştabi va tibbiyot bölimi taşkil etilgan.
24 fevral kuni 1-reys bilan jönab ketgan ziyoratçilarimiz umra ibodatini bajariş maqsadida zamonaviy avtobuslarda Makkai mukarramaga yöl olişdi. Ziyoratçilarimizni Jidda aeroportidan Madina şahriga olib boriş, Madina şahridagi qadamjolariga olib çiqiş, undan Makka şahriga taşiş va u yerdagi ziyoratgohlarga olib çiqişda şinam avtobuslarda xizmat körsatilmoqda.

Mehmonxonalarga joylaşgaç, yurtdoşlarimizga mohir oşpazlarimiz tomonidan tansiq milliy taomlarimiz taqdim etilmoqda. Şuningdek, har bir ziyoratçiga adaşib qolmasligi uçun mehmonxona ma'lumotlari aks etgan bilak tasmasi va mehmonxona kartalari tarqatildi.
Ziyoratçilarimiz Madina şahridagi “Qubo” va “Qiblatayn” masjidlari, Uhud toği kabi muborak joylarga ziyoratga olib çiqilib, mazkur qadamjolar tarixi bilan taniştirilmoqda. Şuningdek, ularni Makkai mukarramada “Nur” toği, “Mino”, “Muzdalifa” va “Arofot” vodiysiga olib çiqiş rejalaştirilgan. Ziyoratçilar öz ibodatlarini emin-erkin, kötarinki ruhda ado etmoqdalar. Ular umra ibodatini bajariş davomida 3 kun Madinada va 7 kun Makka şahrida bölişadi.
Makkai mukarrama va Madinai munavvara şaharlaridagi mehmonxonalarda erkaklar va ayollar uçun alohida tibbiyot markazlari taşkil etilgan bölib, murojaat etişni istagan umraçilarimizga tibbiy yordam şu yerning özida körsatilişi imkoniyati töla ta'minlanadi.












