«Barselona» hujumçisi Lionel Messi klub jamoaga mavsum boşida olib kelingan Pako Alkaser sotib yuborilişini kutmoqda. Bu haqda Don Balon xabar tarqatdi.
Ispaniyalik yoş futbolçi 2016 yilning yozida taxminan 30 mln. yevro evaziga Kataloniyaga olib kelingandi. «Barsa» murabbiylar ştabining fikriça, u Luis Suaresga raqobatçi bölişi kerak edi, biroq 23 yoşli futbolçi kutilgan öyinni namoyiş eta olmadi. Ispaniya çempionatining joriy mavsumida futbolçi 11 uçraşuvda 1ta gol kirita oldi xolos.
«Barselona» yangi hujumçi oliş böyiça Messining istaklarini eşitişga tayyorligini bildirgan va jamoa saviyasiga mos bölgan boşqa futbolçini jamoaga olib kelişni möljallab turibdi. Şuningdek, Messi hozirda «Valensiya»da ijara asosida töp surayotgan Munir El-Haddodiyni jamoaga qaytarilişini istamoqda.
Eslatib ötamiz, oldinroq Messi «Barselona» Jyeremi Matyo, Luka Din va Andre Gomeşni körişni istamayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.












