1 mart kuni Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Janubiy Afrika Respublikasining yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elçisi (qarorgohi Anqara şahrida) Pule Isaak Malefaneni qabul qildi.

TIV matbuot xizmatining xabar qilişiça, elçi Özbekiston Prezidenti nomiga yöllangan işonç yorliqlarini topşirdi.

Qisqa marosimdan söng ikki tomonlama munosabatlar kun tartibining dolzarb masalalari muhokamasiga bağişlangan suhbat bölib ötdi.

Suhbat çoğida Özbekiston va JAR örtasida manfaatli hamkorlikni, avvalo savdo-iqtisodiy, investitsion sohalardagi aloqalarni yanada kengaytirişdan tomonlar manfaatdor ekanligi ta'kidlandi. Şu nuqtai nazardan Elçining Özbekiston Taşqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, «Özbekneftigaz» Milliy xolding kompaniyasi, Turizmni rivojlantiriş Davlat qömitasi, Savdo-sanoat palatasi va boşqa tuzilmalardagi bölajak muzokaralari özaro manfaatli yangi yönalişlarni topiş va işlab çiqariş böyiça qöşma loyihalarni amalga oşirişga imkon berişiga işonç bildirildi.