AQŞning Oregon ştati Riddl şahridagi uylardan birida yuz bergan yonğin 4 nafar bolaning umriga zomin böldi, deb xabar qilmoqda ABC News.
Qayd etilişiça, yana 3 kişi turli darajada kuyiş jarohatlarini olgan.
Okrug şerif boşqarmasi vakili Duglas Dues Hatsonning sözlariga köra, halok bölgan bolalarning yoşi 4 yoşdan 13 yoşgaça ekani aniqlangan. Uning qöşimça qilişiça, jabrlanganlarning ahvoli oğir bölib qolmoqda.
Yonğin sabablari örganilmoqda.














