Daniyadagi taniqli restoranlardan biri – Noma’da idiş yuvuvçi bölib işlagan 62 yoşli gambiyalik Ali Sonko bu yerning yangi uç xöjayinidan biriga aylandi. Noma asosçilarining sözlariga köra, afrikalik 14 yil davomida restoranning “yuragi” bölgani tufayli biznesning bir uluşini olgan. Bu haqda Bi-bi-si xabar qilmoqda.
Sonkoni restoran egalaridan biri sifatida tayinlaş haqida bu yerning boş oşpazi Rene Redzepi Noma’ning Kopengagenda yopilişi şarafiga uyuştirilgan bazmda ma'lum qildi. Muassasa Daniya poytaxtida 14 yil işladi hamda bu davr mobaynida ikkita Mişlen yulduzi va Restaurant jurnalidan törtta “Jahonning eng yaxşi restorani” sovrinini qölga kiritdi. 2017 yilning dekabrida Noma yangi joyda oçiladi.
Sonko restoran taşkil etilgandan beri bu yerda idiş yuvuvçi bölib işladi. Redzepining sözlariga köra, kişilar “Ali kabi insonlar restoran uçun naqadar katta ahamiyatga ega ekanliklarini tuşunişmaydi”. Boş oşpaz uni “Noma yuragi” deb atadi hamda mehnatdan qoçmasligi va yuzidagi doimiy tabassumini alohida ta'kidlab ötdi.
Gambiyalik erkak Daniyada 34 yildan beri yaşaydi. Noma xodimlarining ta'kidlaşiça, u hayotidagi özgarişlar yoki 12ta farzandi borligiga qaramay doimiy ravişda kulib yuradi.

“Bu yerda işlaşdan naqadar baxtli ekanligimni tuşuntirib beriş muşkul. Bu yerda eng yaxşi insonlar işlaydi, va men ularning har biri bilan yaxşi munosabatdaman. Ular menga katta hurmat bilan qaraşadi, hamda har doim yonimdalar. Men uçun “Bu menda qaçonlardir bölgan eng yaxşi iş” deb aytiş kifoya”, - deya aytib ötdi Ali Sonko.
Şuningdek Redzepi restoranning yangi ikki egasini ham taniştirgan. Sonkodan farqli ravişda ular menejyerlardir: Jyeyms Spredberi va mijozlar bilan işlaş böyiça direktor Lau Rixter. Boş oşpaz Instagram’dagi sahifasida restoran hayotida “yangi bölim” endi oçilayotgani, yaqin orada yana bir neça xodimni “hayratga solişni” rejalaştirgani hususida ma'lum qildi.












