Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qaroqchilar Turkiya bayrog‘i ostida suzayotgan tankerni garovga olishdi
Liviyalik qaroqchilar guruhi Liviya qirg‘oqlari yaqinida Turkiya bayrog‘i ilingan tankerni qo‘lga olishgan. Bu haqda CNN Turk telekanalida xabar berildi.
Qayd etilishicha, kema ekipajining 11 nafar xodimi ayni vaqtda asirlikda.
Deniz Haber agentligi ma'lumotiga ko‘ra, Liviya qirg‘oqlaridan 2 milya ichkarida neft tashuvchi M/T Haci Telli tankeri qaroqchilar qo‘liga tushgan. Bu tanker Turkiya kompaniyasiga tegishli bo‘lib, liviyalik tadbirkor tomonidan ijaraga olingandi.
Qaroqchilar tovon puli to‘lanmasa, garovdagilarni qo‘yib yubormasligi va kemani metallomga topshirib yuborishlari bilan tahdid qilishmoqda.
Mavzuga oid
12:19 / 29.05.2026
“Eron Liviyaning kuni boshiga tushishidan qochyapti” - siyosatshunos
10:24 / 04.04.2026
200 dan ortiq ukrain harbiylari Liviyada - surishtiruv tafsilotlari
13:34 / 04.02.2026
Liviyada Qazzofiyning o‘g‘li o‘ldirildi
08:45 / 24.12.2025