Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 1 mart kuni AQŞning yetakçi kompaniyalaridan biri General Electric kompaniyasi vitse-prezidenti Ronald Jyeyms Pollettni qabul qildi. Bu haqda ÖzA xabar bergan.

Davlat rahbari mehmonni qutlar ekan, Özbekiston va Amerika Qöşma Ştatlari işbilarmon doiralarining uzoq muddatli va özaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini rivojlantirişga qiziqişi ortib borayotganini mamnuniyat bilan ta'kidladi. 

Yaqinda Toşkentda AQŞning General Electric, CNH Industrial, Caterpillar, Honeywell, Procter & Gamble va boşqa yetakçi kompaniyalari iştirokida Amerika – Özbekiston savdo palatasining biznes-forumi muvaffaqiyatli ötdi. 

Ta'kidlaş joizki, bugungi kunda Özbekiston korxonalarining iqtisodiyotning turli sohalarida jahondagi yetakçi texnologik kompaniyalardan biri bölgan General Electric bilan hamkorligi energetika majmui, fuqaro aviatsiyasi va soğliqni saqlaş sohalarini qamrab olgan. 

Uçraşuv çoğida uşbu kompaniya bilan uzoq muddatli, ayniqsa, yuqori texnologik tarmoqlardagi hamkorlikni yanada kengaytiriş va diversifikatsiya qiliş istiqbollari muhokama qilindi. Bular elektr energetika, neft va gaz, elektrotexnika sanoati, zamonaviy tibbiy jihozlar işlab çiqariş, ularga xizmat körsatiş va boşqa yönalişlardagi yangi dastur va loyihalardan iboratdir. 

Uçraşuvda mutaxassislar tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş sohasidagi hamkorlik masalalariga alohida e'tibor qaratildi. 

Ronald Jyeyms Pollett samimiy qabul va ikki mamlakat işbilarmon doiralari örtasidagi aloqalarni rivojlantirişni qöllab-quvvatlayotgani uçun prezidentga çuqur minnatdorlik bildirib, General Electric Özbekiston bilan keng kölamli hamkorlikni rivojlantirişga tayyorligini ta'kidladi. 

AQŞ kompaniyasi vitse-prezidentining Özbekiston vazirliklari va idoralarida ötkazgan uçraşuvlari yakunida iqtisodiyotning turli sohalarida qöşma loyihalar işlab çiqiş va amalga oşiriş töğrisida memorandum imzolandi.