Suriya arab respublikasi qo‘shinlari IShID jangarilaridan Palmiradagi muhim strategik ahamiyatga ega tarixiy qal'ani tortib oldi. Bu haqda harbiy manbasiga asoslangan holda RIA Novosti agentligi xabar tarqatdi.
Bundan oldinroq, Suriya armiyasi Palmira atrofida shafqatsiz janglarga kirishgani xabar qilingandi.
Suriyalik harbiylar Palmiraga olib boruvchi yo‘llarda nazorat o‘rnatgan.
Bundan tashqari, Suriya qo‘shini Palmira atrofida IShIDning 9 nafar xudkush terrorchisi bo‘lgan 2ta zirhli mashinani bartaraf etgan.
Harbiy manba shahar yaqin vaqt ichida IShID jangarilaridan butkul tozalanishiga umid bildirgan.
















