Toşkent şahrida huquq-tartibot organlari vakillari yakuniy maqsadi öz joniga suiqasd qiliş bölgan “kök kit” öyinida 15-darajaga ötgan beş nafar maktab öquvçisini “ölim guruhi”dan saqlab qoldi. Bu haqda poytaxt IIBB vakili “Toşkent” telekanalining “Poytaxt” axborot dasturiga bergan intervyusida aytib ötgan. 

"Pravda Vostoka" naşrining xabar berişiça, huquqni muhofaza qiliş idoralari xodimlari, pedagoglar, ruhşunoslar barça ta'lim muassasalari, mahallalarda profilaktik tadbirlar ötkazib, bolalarning internetga erkin kirişi masalasiga asosiy e'tiborni qaratişmoqda. Virtual kenglikni nazorat qiliş juda qiyin bölib, ota-onalar aksariyat hollarda farzandlari qaysi saytga kirişini bilişmaydi ham. Masalan, sönggi oylar davomida “Kök kit” öyiniga qiziqiş kuçaydi. Uning turli nomlanişlari ham bor – “Meni 4.20da uyğot”, “Feya” hamda boşqalar. Biroq ulardagi mohiyat bir xilda. Bola yoki ösmir unda iştirok etişga rozi bölişi bilan unga turli topşiriqlar berila boşlanadi. Avvaliga ular oddiy va xavfsizdek tuyuladi. Kit yoki karkidonning suratini çiziş, tong otayotgan paytda turiş va bunga öxşaş topşiriqlar berilib, ular daraja sayin qiyinlaşib boradi. Bolalardan gazni yoqiş va uxlaşga yotiş yoki tez harakatlanayotgan transport oldidan yugurib ötiş söraladi. 

Joylarda ösmirlarni bunday xatarli “öyin”lardan saqlab qoliş uçun bir qator tadbirlar ötkazilmoqda. Xususan, ruhşunoslarning nafaqat bolalar, balki ota-onalar bilan işlaşi ham faollaşdi. Köp holatlarda ösmirning notöğri yölga qadam bosişiga yaqinlari uni tuşunmasliklari turtki bölib xizmat qiladi.