Toşkent davlat agrar universiteti dotsenti Salohiddin Yunusov oşqovoq poyalarida bodring yetiştirdi. Bu haqda ÖzA xabar bergan.

«Kasbim taqozosi bilan dehqonlar va fermerlar bilan tez-tez uçraşib turaman. Ular kasalliklarga çidamli, serhosil, eksportbop navlarni sörab-suriştirişadi. Albatta, dehqon ne maşaqqatlar bilan yerga uruğ qadaydi, parvariş qiladi. Agar ekin hosilga kirmasdan poyasi sarğayib, kasallansa, qançadan-qança mehnat çippakka çiqadi. Şunda qovoqni bodringga payvand qiliş va bunda ularning ekiş muddati va poyasining diametriga e'tibor qaratdik. Bodring qovoqgullilar oilasiga mansub bir yillik ekin bölib, qovoq esa nisbatan qurğoqçilikka va kasalliklarga çidamli bölganligi tufayli ularni payvandlaş mumkin. Bunda qovoqning bir qança nav namunalari va bodringning «Özbekiston – 740» navi örganildi», – deydi S.Yunusov. 

Payvandlaş usulida köçatlarni parvarişlaş katta e'tibor talab qiladi. Payvandlangan ösimliklarning kesilgan joyi bitgunga qadar maxsus himoyalangan joyda havo namligini 90-95 foiz va havo haroratining kunduzi 20-25 daraja, keçasi 16-19 daraja bölişini ta'minlaş uçun 4-6 kun davomida nazorat qilib turiladi. Payvandlangan köçatlar bodring yetiştiriş agrotexnik tadbirlari asosida parvarişlanadi. Bunda köçatlar oçiq maydonga qöş qator qilib, lentasimon usulda ekiladi. 

«Ötgan yili mana şu payvandlangan bodring köçatidan ekkanmiz. Rostini aytsam, avvaliga bu usulda bodring yetiştirişdan biroz çöçiganman. Qanday bölar ekan? Şunça mehnatga kuyib qolmasmikanman, degan xayolga borgandim. Ammo bir gektardan öttiz beş tonna hosil olib, hosildorlikdan közlarim quvnadi. Ilgari oddiy usulda bodring yetiştirib, gektariga yigirma, yigirma beş tonna hosil olardik. Ba'zida poyasi tez sarğayib, kasallanişi oqibatida yana ham kam hosil bölardi. Bu bodring poyasi yozning issiğiga çidamli, yuqori hosildorligi, mazali ta'mi hamda uzoq muddatgaça yaxşi saqlanişi bilan bizga ma'qul böldi. Joriy yilda uç gektarda payvandlangan bodring ekamiz. Hozirdanoq köplab zavodlar bilan şartnomalar imzolaganmiz», – deydi Andijon viloyati Asaka tumanidagi «Samar agro zavod» mas'uliyati çeklangan jamiyati rahbari Bahodir Ahmedov.. 

«Kasalliklarga çidamli, mahalliy iqlim şaroitiga mos, serhosil, ertapişar navlarni yaratiş va resurstejamkor yetiştiriş texnologiyalarini işlab çiqiş olimlarimiz faoliyatining asosini taşkil etadi. Keyingi yillarda universitetimiz olimlari bodringning oçiq maydon uçun oltita, himoyalangan maydonda yetiştiriş uçun törtta yangi navini yaratdi», – deydi S.Yunusov.

Özbekistonda yetiştirilgan meva-sabzavotlar dunyoda vitaminlarga boyligi bilan dovruğ qozongan. Avstriya fermerlar taşkiloti tomonidan çop etiladigan Bio Austria jurnalida Özbekiston ekologik toza mahsulotlar yetiştiriş borasida ulkan salohiyatga ega ekanligi alohida ta'kidlangan. Unda uşbu sohani yanada rivojlantiriş uçun qöşma loyihalarni hayotga tatbiq qiliş zarurligi qayd etilib, avstriyalik sarmoyadorlarning e'tibori Özbekiston agrosanoat taraqqiyotiga qaratilgan.