Qiziq, bu narx qilingan xarajatni qoplarmikan? Mehnat qilgan dehqon qandaydir daromadga ega bölarmikan? Bu savollarga javob oliş uçun yurtimizning bodring eng köp yetiştiriluvçi uç hududi – Andijon viloyati, Farğonaning Oltiariq tumani, Xorazm viloyati mirişkorlari bilan suhbatlaşdik.

Sabohiddin Yöldoşev, oltiariqlik dehqon: “Bodringdan odam boyib ketmaydi, lekin rözğorlik pul çiqib turadi”

– Bizning Oltiariq tumanimiz bodringning asl koni hisoblanadi. Sevimli şoirimiz Anvar Obidjon bejiz bu ne’mat haqida asarlar yozmagan. Eng erta yetiştiradiganlar ham, eng köp va sifatli yetkazadiganlar ham biz tomondagi dehqonlar, desam maqtaniş bölmaydi.

Bodringning oldini uzganimizda ulgurji 11-12 ming sömdan sotdik. Bugungi kundagi narx 3 ming söm atrofida, bu yana kötarilgani. Çunki örtada kunlar isib ketgan paytlarda 2 ming sömgaça ham tuşib ketdi.

Lekin hozir narx arzon bölsa ham, hosilga baraka kirgan, ortiqça xarajat qilinmaydigan payt. Ikki-uç kunda bir suv quyib, kunora hosilni yiğaverasiz, 4-5 sotix joydan 5-6 qop uzaverasiz. Narx arzon bölsa ham, hosil möl. Qimmatligida ham mehnati köp, ham oz hosil olasiz.

– Savol şunda-da, bugungi narxlar özini, qilingan mehnatni qoplaydimi?

– Bodring özi “boyib ketaman”, deb tomorqaga ekilmaydi. Bu asosan kundalik xarajatlarga yarab turadigan ekin. Aprel-may oylarida, xalqimiz tili bilan aytganda ayni “ilik uzildi” paytida kunlik daromad berib turadi. Lekin şu ozi ham köp korimizga yaraydi, masalan, yaqinda töplab Toşkentda öqiyotgan qizimning kontraktini tölab keldim. Rözğorga yaraydigan barakali narsa-da bu. Katta daromadni asosan birvarakayiga uziladigan va sotiladigan uzumdan olamiz.

Husanboy Aliyev, Asaka: “Bizda Qirğiziston bozori ta’siri kuçli”

– Bodring şunday narsaki, vaqti kelsa uzişga ham erinib qolasiz. Çunki örtaça ikki oygaça tinimsiz hosil berib turadigan boşqa ekin turini men oçiği bilmayman. Hozir 2700-2800 sömdan sotyapmiz. 5 sotixli issiqxonamdan kunora 150-200 kg hosil çiqarib turibman. Töğri, arzon tuyulişi mumkin. Lekin tez-tez sotib turganingizdan keyin xursand bölasiz-da. Şukr, nolisak uyat böladi.

Bir jihatni aytib ötsam – bizda Qirğiziston bozorining ta’siri katta. Qöşni davlatdan kelib köp olib ketişadi. Ularning biror kun kelmay qolişi yoki köproq olib ketib qolişi darhol bozorga ta’sir qiladi.