
Toşkent şahar, Çilonzor tumani, Ts-mavzesi, Çöpon Ota köçasi 28A-uyda joylaşgan ma'muriy binoda sodir bölgan yonğinga nima sabab bölganiga oydinlik kiritildi. Unga binoning birinçi qavatidagi xonalardan biridagi elektr uskunalarida yuz bergan qisqa tutaşuv sabab bölgan.
Bu haqda Toşkent şahar içki işlar boşqarmasida OAV vakillari iştirokida bölib ötgan matbuot brifingida ma'lum qilindi, deb xabar qiladi Kun.uz muxbiri.

Mazkur brifingda, şuningdek, Toşkent şahar, Yunusobod tumani, Amir Temur köçasi 25-uyda joylaşgan biznes markaz binosining 8-qavatida sodir bölgan yonğin sababi ham aytildi.
Unga köra, 8-qavatdagi yonğin yuz bergan xonada kompyuter uskunasi, printer, ularga elektr manbaiga ulaniş imkonini beruvçi “pilot”ning doimo işlab turgani oqibatida qisqa tutaşuv yuz bergan. Bunga bir jihatdan “pilot”ning eskirganligi va belgilangan xizmat muddatini ortiği bilan ötagani ham asos bölgani aniqlangan.












