Yevropa Ittifoqi majlisida Ukraina fuqarolari uçun viza tartibini bekor qiliş tasdiqlandi. Endilikda ukrainalik biometrik pasport egalari YeIga 180 kunlik davrning 90 kuni mobaynida biznes, sayyohlik va oilaviy safarlarni amalga oşirişlari mumkin böladi.
Şu bilan birga bu vizasiz tartib işlaş huquqini bermaydi. Bundan taşqari, vizasiz bordi-keldi tartibi Buyuk Britaniya va Irlandiya hududiga joriy qilinmaydi.
Malta IIV rahbarining sözlariga köra, «Ukraina vizasiz rejim uçun talab etiladigan barça şartlarni bajardi».
Keyingi qadam Yevroparlamentning soha qömitasi bu borada qaror qabul qilişi böladi.
10 fevral kuni Yevrokomissiya raisi Jan-Klod Yunker yozgaça ukrainaliklar uçun viza masalasi hal etilişi haqida e'lon qilgandi.













