Biologlarning ma'lum qilişiça, fillarning töyib uxlaşi uçun atigi ikki soat yetarli ekan. Bu olimlar tomonidan GPS-maykalar va giroskopli böyinboğlar bilan ta'minlangan ikki katta yoşli filni 5 hafta davomida kuzatiş natijasida aniqlandi. Tadqiqot böyiça xulosalar PLOS One jurnalida naşr qilindi. 

Hayvonot boğlarida fillar 4-6 soatdan uxlaşadi. Tabiiy şaroitlarda esa atigi ikki soatlik uyqu (köpinça tunda) yetar ekan. Olimlar kuzatgan fillar katta masofalarni bosib ötib ham bir neça kunlab tetik yura olgan. Fillarning gavdasini inobatga olgan holda ularni hammadan kam uxlovçi jonivorlar deya e'tirof etiş mumkin. Odatda jonivor qança yirik bölsa, şunça köp uxlaydi. 

Bundan taşqari, uyqudagi fillar faqatgina tezkor uyqu fazasida bölişgan. Qisqa muddatli xotiralarning uzoq muddatli bosqiçga ötişi uyqu vaqtida röy berişini inobatga oladigan bölsak, kaşfiyot xotirani mustahkamlaş tizimiga oid yangi savollarni tuğdiradi, zero fillar özining ötkir xotirasi bilan maşhur. Olimlar hozirça qanday qilib fillarga atigi ikki soatlik uyqu yetişini izohlay olişmadi. Ular kelgusida bu yönalişdagi tadqiqotlarni davom ettirişni rejalaştirişmoqda.