Windows flagmani HP Elite X3 smartfoni ötgan yilgi Mobile World Congress körgazma orqali köpçilikka yaxşi taniş. Mazkur model işlab çiqaruvçilar tomonidan biznesni samarali yuritiş va xizmat paytidagi vazifalarni bajariş uçun universal vosita sifatida taniştirilgandi. 3DNews şu mavzudagi maqolasi bilan bölişdi. 

HP Elite X3 qurilmasini işlab çiqarişda asosiy e'tibor harakatlar tezligiga qaratilgan. QHD standartida ulkan 6-dyuymli AMOLED-displeyli premium qurilma yaratişning uddasidan çiqişdi. Uning xususiyatlari: 

⦁  Snapdragon 820 çipi va 4 Gb'li operativ xotira;
⦁  64 Gb fleş-xotira va 2 Tb'gaça bölgan microSD xotira kartasiga möljallangan slot;
⦁  SIM-kartalar uçun ikki slot;
⦁  16 Mp orqa kamera va 8 Mp old kamera;
⦁  4150 mAs hajmli akkumulyator;
⦁  Bang & Olufsen stereodinamikasi; 
⦁  metall korpus ölçamlari - 161,8 × 83,5 × 7,8 mm, oğirligi - 195 g, suv va namlikka çidamli.

MWC 2017 körgazmasida HP stendi yonida şişa gumbaz ostida Elite X3 qurilmasiga juda öxşaş model közga taşlandi. Tabiiyki, jurnalistlar şaffof "parda" ortida yaşiringan gadjyetni e'tibordan çetda qolidirşmadi va bunga izoh talab qilib işlab çiqaruvçi kompaniya vakillariga murojaat qilişdi. Ma'lum bölişiça, bu HP Elite X3 kelgusi avlodining kontsept-prototipi ekan. 

"Bu bizning X3 seriyaning keyingi rivojini qanday körişimizga yaqqol misol böla oladi", - deya qisqa javob berildi.

Taqdim etilgan versiyada körinişidan u qadar katta özgarişlar qilinmagan. PCWorld mutaxassislarining sözlariga köra, frontal kamera old panelning çap qismiga köçirilgan, orqa qopqoqda işlab çiqaruvçining yangilangan logosi körinib turibdi. 

Ma'lumotlarga köra, HP Elite X3 bazasida tayyorlanayotgan smartfon yoki uning modifikatsiyasi Snapdragon 835 protsessorini olişi va 6 Gb/8 Gb operativ xotira bilan ta'minlanişi mumkin.