Çeçen Respublikasi rahbarining qizi Ayşat Grozniyda özining modalar uyi liboslar kolleksiyasini taqdim etdi. Taqdimotga Rossiya şou-biznes vakillari -  Yana Rudkovskaya, Yevgeniya Feofelaktova, Svetlana Bondarçuk, Tatyana Navka, Kseniya Soloveva, Timati, Nyuşa, Anna Xilkeviç, Olga Buzova va boşqalar maxsus mehmon sifatida taklif qilindi. Bundan taşqari, tadbirda moda sanoati yetakçisi Steffano Riççi iştirok etdi. AsiaPlus şu haqida ma'lumot bilan bölişdi. 

"Ayşat tomoşabinlar hukmiga 30 libosni havola qildi, ularning har birini san'at asari deyiş mumkin. Ularda milliy an'analar, çeçen qizi libosining öziga xosligi va zamonamizning sönggi tendensiyalari muvaffaqiyatli uyğunlaşgan. Ayşat Qodirovaning liboslari çeçen, rus, fransuz, italyan, turk va umuman barça millatdagi qizlarga yoqadi. Bugunga qadar Yevropa, Osiyoning köplab mamlakatlari, Amerika va hatto Avstraliyadan ham buyurtmalar kelib tuşmoqda. Şuningdek Ayşat Firdaws brendining atirini ham taqdim etdi", - deb yozadi özining Instagram'ida Ramzon Qodirov. 

Ramzon Qodirov tadbir bahona prodyuser Yana Rudkovskaya va rep yönalişida ijod qiluvçi Timatini ham yaraştirişga muvaffaq bölgan. Bu yaraşuv nafaqat umumiy surat, balki lezginka raqsi bilan yakunlangan. 

Qodirovning özi Rossiya prezidenti boş kotibi Dmitriy Peskovning turmuş örtoği Tatyana Navka bilan raqsga tuşgan. 

Ayşatning sözlariga köra, uning har bir libosida milliylik öz aksini topgan. "Bu obrazlarni yaratişimda menga onam maslahatçi böldi", - deydi dizayner. 

U Firdaws brendi liboslari zamonaviy musulmon qiz-ayollar obrazini yaratişi hamda ularning umumjahon moda tendensiyalariga javob berişini qöşimça qildi. 

Ayşat Qodirova 2016 yilda Firdaws modalar uyini rasman boşqara boşladi. Yoş rahbar milliy elementlar bilan uyğunlaşgan yoşlar modasiga alohida e'tibor qaratadi.