Toşkent şahrida voyaga yetmaganlar orasida jinoyat sodir etiş hollari pasaymoqda. Xususan, 2016 yil davomida şahar böyiça 298ta jinoyat (asosan, öğrilik, bezorilik) voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan. Bu raqam 2015 yilda 374tani taşkil etgan. 

2017 yil 2 mart kuni “Profilaktika kuni” munosabati bilan Toşkent şahar içki işlar boşqarmasida OAV vakillari iştirokida bölib ötgan matbuot brifingida şu haqda ma'lum qilindi. Unda Toşkent şahri prokurori örinbosari Yorqin Abdullayev va Toşkent şahar IIBB boşliği örinbosari Doniyor Taşxodjayevlar 2017 yil 23 fevralidan 1 mart kunigaça bölgan hafta davomida olib borilgan işlar yuzasidan axborot berişdi, deb xabar qiladi Kun.uz muxbiri. 2017 yil yanvar oyi böyiça bu boradagi körsatkiç 9tani taşkil etgan. 2016 yilning şu oyida voyaga yetmaganlar 15ta jinoyatni sodir etgani qayd etilgan edi. 

Ma'lumki, Prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan haftaning payşanba kunlari respublika hududida “Profilaktika kuni” deb belgilandi. Mazkur topşiriqni bajariş yuzasidan Özbekistonning barça şahar va tumanlar qatori Toşkent şahri prokuraturasi va IIBB hamkorlikda amaliy çoralar körilmoqda. 

Jumladan ötgan bir hafta mobaynida içki işlar xodimlari tomonidan profilaktika işlari natijasida 58 nafar qidiruvda bölgan şaxs aniqlangan. Internet-kafelarda tungi vaqtlarda voyaga yetmaganlarning bölmasligi borasida maxsus reydlar olib borilgan. 

Bundan taşqari, şahar hududida yaşirin tarzda faoliyati yölga qöyilgan 9ta fohişaxona va qöşmaçilik manzilgohlari aniqlangan. Şu bilan birga, yöl harakati qoidalariga rioya qiliş borasida 22 mingga yaqin turli qoidabuzarliklarga qarşi çoralar körilgan. 

Brifingda OAV xodimlarini qiziqtirgan turli masalalar yuzasidan ma'lumotlar berildi.